Farmatsevtika mahsulotlarining postmarketing nazorati amaliyotga joriy etiladi.

07.10.2024 833

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktyabrdagi 628-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan boshlab, farmatsevtika mahsulotlarining postmarketing nazorati amaliyotga joriy etiladi.

Postmarketing nazoratini amalga oshirish uchun quyidagilar asos boʻlib hisoblanadi:

Vakolatli organ — "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasasi direktori tomonidan har oyda tasdiqlanadigan Postmarketing nazorati rejasi;

jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, davlat organlari va tashkilotlaridan farmatsevtika mahsulotlarining sifati, xavfsizligi, noqonuniy aylanmasi, nojoʻya taʼsirlari xaqidagi kelib tushgan maʼlumotlar hamda murojaatlar;

ommaviy axborot vositalaridan kelib tushgan maʼlumotlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida jamoatchilik fikrini oʻrganish natijalari.

Postmarketing nazorati qonuniylik, oshkoralik, holislik, adolatlilik, tenglik va shaffoflik prinsiplariga asoslangan xolda amalga oshiriladi.